Yuridik institutga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgar ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Olmaliq shahar bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida “Korzinka” savdo majmuasi avtoturargohida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Z.Yu. (muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan) fuqaro S.X.ning ishonchiga kirib, uni tanishlari yordamida qo‘shni Qirg‘iziston Respublikasi O‘sh shahridagi Yuridik institutga davlat granti asosida o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 5 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq, haydovchilik guvohnomasini olib berishni va’da qilgan firibgarlar ushlangani haqida xabar bergan edik.
Sharhlar