Yuridika universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyat boshqarmasi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro X.X. (muqaddam sudlangan) fuqaro M.Sh.ning ishonchiga kirib, unga go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida chet tillari bo‘yicha tahsil olganligi to‘g‘risida sertifikat olib berib, Toshkent davlat yuridik universitetining magistratura bosqichiga o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 3 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Ulashish:
Sharhlar