“YuVT Aero” aviakompaniyasi Qozondan Toshkentga reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda
“YuVT Aero” aviakompaniyasi Tatariston poytaxtini Toshkent bilan bog‘laydi. Aviakompaniya 4-avgustdan muntazam yo‘lovchi reyslarini amalga oshirishni boshlaydi.
Parvozlar haftada bir marta yakshanba kunlari Kanadada ishlab chiqarilgan 50 o‘rinli Bombardier CRJ-200 samolyotlarida amalga oshiriladi. Parvoz vaqti 3 soatdan sal ko‘proq davom etadi.
Eslatib o‘tamiz, “YuVT Aero” O‘zbekistonga parvozlarni amalga oshirib kelmoqda – 2023-yil sentyabridan boshlab aviakompaniya Qozondan Samarqandga muntazam reyslarni yo‘lga qo‘ygan, parvozlar haftada bir marta shanba kunlari amalga oshiriladi.
“YuVT Aero” 2015 yilda tashkil etilgan Rossiyaning hududiy aviakompaniyasi bo‘lib, bosh qarorgohi Bugulma shahrida joylashgan. Tatariston shaharlaridan muntazam yo‘lovchi reyslarni amalga oshiradi. Bazasi Qozon va Bugulma aeroportlarida joylashgan.
Sharhlar