“Zangiota-2” shifoxonasi o’rnida Bolalar shifoxonasi tashkil etiladi
24-iyul kuni “Toshkent shahar bolalar ko‘p tarmoqli shifoxonasini tashkil etish to‘g‘risida”gi Hukumatning 446-sonli qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, “Zangiota-2” shifoxonasi faoliyati tugatilib, uning o‘rnida davlat muassasasi shaklidagi 500 o‘rniga mo‘ljallangan Toshkent shahar bolalar ko‘p tarmoqli shifoxonasi (Bolalar shifoxonasi) tashkil etiladi.
Bolalar shifoxonasining asosiy vazifalari quyidagilar etib belgilandi:
- 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda zarur tibbiy tekshiruvlarni o‘tkazish, ularga yuqori malakali tibbiy-konsultativ hamda ixtisoslashtirilgan statsionar yordamini ko‘rsatish;
- tuman tibbiyot birlashmalariga amaliy-metodik yordam berish;
- Toshkent shahar tibbiyot muassasalari amaliyotiga zamonaviy tibbiyot texnologiyalari va boshqaruv usullarini joriy etishda ko‘maklashish;
- tibbiyot xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishda ishtirok etish.
2024-yil 1-sentyabrgacha Bolalar shifoxonasining bino va inshootlarida zarur qurilish hamda ta’mirlash ishlarini o‘tkazish orqali uni bolalarga tibbiy yordam ko‘rsatishga moslashtiriladi.
Ulashish:
Sharhlar