Zangiota tumanida yong‘in sodir bo’ldi

Фото: узньюс

Bugun, 10-sentabr kuni soat 14:15da Zangiota tumani, “Erkin” MFYda joylashgan bo‘yoq (kraska) ishlab chiqarish sexi binosida yong‘in bo‘layotganligi to‘g‘risida Toshkent viloyati FVBga xabar kelib tushgan.

Yong‘in o‘chirish ekipajlari tezkorlik bilan yetib borishgan, ayni vaqtda yong‘inni o‘chirish ishlari bajarilmoqda.

Yong‘in natijasida tan jarohati olgan va vafot etgan fuqarolar to‘g‘risida xabar kelib tushmadi.

Voqea joyiga vazirlik rahbariyati hamda ma’sul tashkilotlarning vakillari chiqqan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.