Dog‘istonda “zapravka” portlashi oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi
Dog‘iston poytaxti Maxachqal’a chekkasidagi avtomobilga yonilg‘i quyish stansiyasi portlab ketishi oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Kommersant”. Yana 11 kishi jabrlandi. Dog‘istonda 28-sentabr portlash qurbonlari xotirasiga motam kuni deb e’lon qilindi.
Hodisa 27-sentabr kuni kechqurun Noviy Xushet qishlog‘ida yuz bergan. Portlash natijasida yong‘in chiqqan. Yonilg‘i quyish stansiyasi to‘liq vayron bo‘lgan. Karabudaxkent tumanida favqulodda vaziyat e’lon qilingan. Voqea yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Dog‘iston energetika vazirligi hududdagi “zapravka”larda tekshiruv olib borib, sanoat xavfsizligi talablari buzilishi bilan bog‘liq 4,5 mingdan ortiq holatlarni aniqladi. Prokuratura stansiyalar ishini to‘xtatib qo‘yish haqida sudga 149 da da’vo arizasi va ma’muriy qoidabuzarliklar haqida ish qo‘zg‘atish bo‘yicha 166 ta qarorni taqdim etdi.
Sharhlar