Zarafshondagi aeroport faoliyatini tiklanish bo’yicha topshiriq berildi

Foto: Prezident matbuot ximzati

Unda, Zarafshon shahri aholisi tez suratda oshayotgani 2-3 yilda 100 mingdan oshishi mumkinligi, shu bois, Zarafshon hududini Tomdi tumani hisobidan 2 ming gektarga kengaytirib, 150 ming aholi uchun sharoit yaratish zarurligi ta’kidlandi. Zarafshon shahri, Uchquduq va Tomdi tumanlarida jami 200 ming aholi yashaydi. Ular Toshkent shahriga kelish uchun avval avtomobilda 250-300 kilometr yo‘l yurib, Navoiy shahriga boradi. Keyin esa, bu yerdan poyezd yoki samolyotga o‘tirib, Toshkentga borishga majbur bo‘lyapti.

Zarafshon shahridagi 80-yillarda qurilgan aeroport esa hozirda ishlamayapti. Ushbu aeroport faoliyatini qayta tiklash masalasini o‘rganib, tegishli takliflar kiritish topshirildi.

Mas’ullar oldiga ijtimoiy infratuzilma va kommunikatsiya tarmoqlarini qish mavsumiga sifatli tayyorlash, kamchiliklarni bartaraf etish vazifasi qo‘yildi.

Mutasaddilarga ayollarni kasbga o‘qitish, bandligini ta’minlash, yoshlar bilan ishlashni yaxshilash yuzasidan topshiriqlar berildi.

Shu bilan Prezident Navoiyga bo’lgan safarini yakunlab, Poytaxtga qaytdi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.

Spelling error report

The following text will be sent to our editors: