Zarbdor tajribasida har bir tuman va shahar kamida 5 tadan loyiha shakllantiradi

Фото: prezident.uz

Prezident boshchiligidagi bo‘lib o‘tayotgan yig‘ilishda, Sayxunobod va Uychi tajribalarida kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan mas’ullarga javobgarlik choralarini ko‘rish, qoloqliklarni bartaraf etish topshirildi.

Zarbdor tajribasi asosida har bir tuman va shaharda kamida 5 tadan “drayver” loyihani shakllantirish, G‘ijduvon tajribasi asosida 1 mingta mahallani o‘zida “tepaga o‘sadigan” (vertikal) sanoat binolari loyihalarini tayyorlab, yil yakunigacha ishga tushirish vazifasi qo‘yildi.

Umuman, tajribalarning har biri bo‘yicha mas’ullarga aniq KPI belgilanib, ijrosi ustidan qat’iy surov o‘rnatilishi belgilandi.

Shuningdek, kun tartibidagi asosiy masalalar – Buxoro viloyati misolida tadbirkorlarga ko‘proq sharoit yaratish, har bir tumanni ixtisoslashtirish, energiyadan oqilona foydalanish, yashil manbalarni ko‘paytirish, tuman idoralarini samarali ishlashga o‘rgatish ko‘rib chiqildi.

Ikki oy oldin Buxoroga tashrifda hamma muammolar yechimi ko‘rsatib berilgan edi. Tashrifdan keyin viloyatga 1,4 trillion so‘m ajratildi. Bugun Prezident tomonidan imzolangan qarorlarga muvofiq viloyatga tadbirkorlik uchun qo‘shimcha 60 million dollar, infratuzilmaga 40 million dollar ajratiladi.

Viloyat hokimi, uni o‘rinbosarlari, tuman hokimlari shunga munosib ishlab, joylardagi tashkilotlar oldiga aniq vazifa, xodimlariga KPI belgilab, har kuni aniq natijaga ishlashi kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.

Kelgusida har bitta tarmoq va viloyatdagi haqiqiy ahvol shunday tahlil qilinib, muhokama o‘tkazilishi belgilandi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.