Toshkentda Zeekr rusumli avtomashina avtobus bekatiga borib urildi

Foto: tashbus.uz

Toshkentda Zeekr rusumli avtomashina avtobus bekatiga borib urildi, deb xabar bermoqda Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati

Hodisa 15-avgust kuni soat 15:50 larda Yunusobod tumani Amir Temur ko‘chasi “Minor” metro bekati qarshisida yuz bergan. Haydovchi 1992-yilda tug‘ilgan A.Sh. harakat vaqtida rul boshqaruvini yo‘qotib yo‘l chetidagi avtobus bekatiga urilgan.

YTH natijasida tan jarohat olganlar yo‘q.

Holat bo‘yicha Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.