New York Times nashrining yozishicha, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy AQShdan “g‘alaba rejasi”ning maxfiy qismida “Tomahawk” qanotli raketalarini so‘ragan. Gazetaning anonim manbasiga ko‘ra, AQSh rasmiylari bu so‘rovni siyosiy va harbiy sabablarga ko‘ra “umuman haqiqatdan uzoq” deb hisoblab, rad etgan. Bu haqida BBC xabar bermoqda.
“Tomahawk” raketalari 2400 km gacha yetadigan uzoq masofani qamrab olish imkoniyatiga ega. Agar bunday qurol Ukrainaga berilgan taqdirda, ular nafaqat Yevropa hududidagi butun Rossiyani, balki Ural tog‘lari ortidagi g‘arbiy hududlarni ham o‘z nishoniga olishi mumkin edi.
Birinchidan, AQSh Ukrainaga hattoki qisqa masofaga mo‘ljallangan ATACMS raketalarini ham Rossiya hududining ichkarisiga o‘q uzish uchun ruxsat bermagan, chunki ularning masofasi “Tomahawk”dan ancha qisqa.
Ikkinchidan, AQSh o‘z harbiy salohiyatini saqlab qolish uchun zarur bo‘lgan raketalarni boshqa davlatga uzatish imkoniyatiga ega emas. NYT suhbatdoshining so‘zlariga ko‘ra, Zelenskiy bu raketalarni “yadro qurolsiz to‘xtatish vositasi” sifatida ko‘rgan.
Sharhlar