Zelenskiy energetika ob’ektlariga hujumlardan o’zaro voz kechish “urushning faol bosqichini tugatishi” mumkinligini aytdi
“Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya va Ukrainaning energiya infratuzilmasiga hujumlarni to‘xtatish bo‘yicha o‘zaro kelishuvi urushni tugatish yo‘lidagi qadam bo‘lishi mumkin”, -deb xabar bermoqda BBC
Zelenskiyning jurnalistlarga bergan intervyusida bu bayonotini Britaniyaning Financial Times gazetasi keltirdi.
“Birinchi sammit davomida energiya xavfsizligi boʻyicha qaror qabul qilinishi mumkinligini koʻrdik. Boshqacha qilib aytganda: biz ularning energetika infratuzilmasiga hujum qilmayapmiz, ular biznikiga ham hujum qilishmaydi. Bu urushning faol bosqichining tugashiga olib kelishi mumkinmi? Men shunday deb o‘ylayman”, — deya Zelenskiy so‘zlarini keltiradi.
Ilgari Zelenskiy bir necha bor Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralarni behuda deb atagan, chunki u tinchlikka tayyorligini namoyish qilmagan va jangovar harakatlardagi har qanday pauzadan o‘z manfaati uchun foydalanishi mumkin.
Sharhlar