Zelenskiy Qrimni diplomatik yo‘llar bilan qaytarishga tayyorligini ma’lum qildi

Фото: Офис президента Украины

Prezident Vladimir Zelenskiy Ukraina Qrimni Rossiyadan ozod qilish uchun o‘n minglab ukrainaliklarning hayotini qurbon qila olmasligini, ammo buni diplomatik yo‘l bilan qilish mumkinligini aytdi. Davlat rahbari Amerikaning Fox News telekanaliga bergan intervyusida shunday fikr bildirdi.

“Biz Ukrainaning bosib olingan birorta hududini qonuniy ravishda Rossiya deb tan olmaymiz. Gap Rossiya diktatori Vladimir Putin tomonidan keng ko’lamli bosqindan oldin – 2014-yildan beri bosib olingan hududlar haqida bormoqda. Yuridik jihatdan biz buni tan olmaymiz, qabul qilmaymiz”, — dedi Zelenskiy, agar Ukraina hududlarining bir qismi Rossiya Federatsiyasida qolsa, tinchlik bitimiga rozi bo‘ladimi, degan savolga javob berarkan.

Jurnalist prezidentdan Ukraina Qrimdan voz kechishga tayyormi yoki yo‘qligini ham so‘radi.

“Biz Qrimni diplomatik yo‘llar bilan qaytarishga tayyormiz, deb aytgan edim. Qrimni qaytarish uchun o’n minglab xalqimizni behuda sarf qila olmaymiz. Biz Qrimni diplomatik yo‘llar bilan qaytarish mumkinligini bilamiz”, — dedi davlat rahbari.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.