Zelenskiy: Rossiya Ukrainaga katta zarba berib, 200 dan ortiq nishonga hujum qildi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 120 ga yaqin raketa va 90 ta uchuvchisiz uchish apparati mamlakat bo‘ylab energetika infratuzilmasiga hujum qilganini aytdi. U o‘zining Telegram-kanalida Rossiya “Shahed” dronlari, shuningdek, “Zirkon”, “Iskander” va “Kinjal” raketalaridan foydalanganini ta’kidladi.
Ukraina havo hujumidan mudofaa kuchlari 140 dan ortiq havo nishonlarini yo‘q qilishga muvaffaq bo‘ldi. Biroq, energetika obyektlari zarbalar va qulab tushgan vayronalar tufayli shikastlangan.
Hujumlar natijasida odamlar halok bo’ldi: Odessa viloyatida – ikkita, Nikolayevda – ikkita halok bo’ldi va olti kishi yaralandi, shu jumladan ikkita bola ham bor. Lvov viloyatida raketa qoldiqlari 66 yoshli ayolning o‘limiga sabab bo‘ldi.
Vaziyatning keskinlashuvi munosabati bilan Polsha oʻz havo hududini himoya qilish uchun qiruvchi samolyotlarini qoʻzgʻatdi, deydi Polsha armiyasining operativ qoʻmondonligi.
Sharhlar