O‘zbekistonda 4,4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi
FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qilishicha, O‘zbekiston hududida mahalliy vaqt bilan 2-avgust kuni 10:39 da zilzila sodir bo‘lgan. Episentr Buxoro viloyati, G‘ijduvon tumanida 10 km chuqurlikda joylashgan. Zilzila magnitudasi 4,4 ga teng bo‘lgan. Zilzila episentri Toshkentdan 351 km janubi-g‘arbda joylashgan.
O‘zbekiston hududi bo‘ylab sezilish kuchi quyidagicha bo‘ldi:
Navbahor tumanida 2-3 ball, 28 km.
G‘ijduvon tumanida 2 ball, 35 km.
Navoiy shahrida 2 ball, 39 km.
Karmana tumanida 2 ball, 44 km.
Ulashish:
Sharhlar