Qirg‘izistondagi zilzila kuchi O‘zbekiston hududlarida ham sezildi

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qiladi: 23.11.2024 yil, Toshkent vaqti bilan 13:33 da (23.11.2024 yil, Grinvich bo‘yicha 08:33 da) Qirg‘izistonda zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila koordinatalari: 39,5 gradus shimoliy kenglik; 71,74 gradus sharqiy uzunlik.

Magnituda M=5,3. Chuqurlik 10 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 290 km janubiy-sharqda.

O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:

Farg‘ona viloyatida 2-3 ball, 98 km.
Andijon viloyatida 2 ball, 151 km.
Namangan viloyatida 2 ball, 167 km.
Toshkent shahrida 2 ball, 290 km.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.