O‘zbekistonda zilzila kuzatildi
O‘zbekiston hududida mahalliy vaqt bilan 5-mart kuni 11:52 da zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.
Episentr Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanida 15 km chuqurlikda joylashdi. Zilzila magnitudasi 3,6 ga teng bo‘ldi.
Bo‘stonliq tumanida sezilish kuchi 2 ballni tashkil etdi.
Ulashish:
Sharhlar