O‘zbekistonda 3 magnitudali zilzila kuzatildi

землетрясение
Фото: Кубань 24

O‘zbekiston Respublikasi hududida 3,3 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi.

Yer silkinishi 14-mart kuni mahalliy vaqt bilan 09:49 da qayd etildi. Epitsentr Toshkentdan 262 km janubiy-sharqda — Farg‘ona viloyati, Quva tumanida bo‘lib, zilzila o‘chog‘i 10 km chuqurlikda joylashgan.

O‘zbekiston Respublikasi hududia sezilish kuchi:

Marhamat tumanida 2-3 ball, 10 km.
Asaka tumanida 2 ball, 13 km.
Quva tumanida 2 ball, 15 km.
Shahrihon tumanida 2 ball, 19 km.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.