Ziroat Mirziyoyeva COP29 ishtirokchilarini yoshlarning iqlimga oid tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi
O‘zbekiston va Ozarbayjon hamkorligida tashkil etilgan “Yoshlarning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha harakatlardagi yetakchiligi” mavzusidagi forumda O‘zbekistonning Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva, Ozarbayjon Birinchi xonimi Mehribon Aliyeva, Turkiya Birinchi xonimi Emine Erdog‘an, Qirg‘iziston Birinchi xonimi Oygul Japarova ishtirok etdi. Shuningdek, Qozog‘iston, Tojikiston, Vengriya, BMT tuzilmalari va xalqaro tashkilotlarning yuqori martabali vakillari, mazkur mamlakatlarning yosh ekofaollari qatnashdi.
Iqlim o‘zgarishining salbiy oqibatlaridan yosh avlod – go‘daklar, bolalar va o‘smirlar hayotiga katta ta’sir ko‘rsatayotgani, ularning millionlab tengdoshlari tabiiy ofatlardan, qurg‘oqchilikdan, suv va oziq-ovqat tanqisligidan har kuni aziyat chekayotgani qayd etildi.
“Bu hodisalarga qarshi kurashni yosh avlodsiz, uning ongli va faol ishtirokisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ushbu nufuzli minbardan turib, bugun Markaziy Osiyo va Turkiy xalqlar yoshlari ham mana shu global harakatning ajralmas qismi sifatida shakllanayotganini qayd etish menga katta faxr bag‘ishlaydi”, — dedi Ziroat Mirziyoyeva.
Sharhlar