Zomin tog‘larida adashib yo‘l topa olmagan fuqarolar qutqarildi

Фото: ФВВ

Kecha, 13-fevral kuni soat 18:48 da Jizzax viloyati FVBga Zomin tumaniga dam olish uchun borgan Toshkent shahrida yashovchi uch nafar fuqaro toqqa aylangani chiqib, qolib ketganligi va ularga yordam zarurligi haqida xabar kelib tushgan. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Xabarga asosan, zudlik bilan viloyat FVB qutqaruvchilari qidiruv-qutqaruv ishlarini boshlagan. Ma’lum bo‘lishicha, uch nafar fuqaro tog‘ning yuqori cho‘qqisiga chiqib, kech bo‘lib qorong‘u tushganligi sababli, qaytish yo‘lini topa olmagan”, – deyiladi xabarda.

Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari natijasida fuqarolar sog‘-salomat xavfsiz joyga olib kelinib, ular bilan profilaktik suhbat o‘tkazilgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.