Zominda 1 mlrd so‘mdan ortiq qiymatli elektr tokini o‘g‘irlagan fermer xo‘jaligi aniqlandi
Jizzax viloyati Zomin tumanida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish oqibatida davlatga katta miqdorda zarar yetkazgan fermer xo‘jaligi aniqlandi. Bu haqda “O’zenergonazorat” matbuot xizmati xabar beradi.
Mutaxassislar S. R. Ch xo‘jaligining xodimlari elektr tarmog‘iga mustaqil ravishda sug‘orish nasoslarini ulaganini aniqladi.
Natijada 622,6 ming kVt/soat elektr energiyasi o‘g‘irlanib, 1,3 milliard so‘mlik yetkazilgan zarar aniqlangan.
To‘plangan hujjatlar tegishli choralar ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirildi.
Ulashish:
Sharhlar