“Zulfiya” nomidagi davlat mukofotiga nomzodlarni tanlab olish tartibi tasdiqlandi
1-noyabr kuni O‘zbekistonda “Zulfiya” mukofotiga saralashning yangi mezonlari belgilandi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligi.
Nomzodlar fan, taʼlim, adabiyot, madaniyat, sanʼat, sport, IT va ijtimoiy faoliyat kabi sakkiz yoʻnalish boʻyicha tanlov asosida saralanadi.
Mukofot 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan iqtidorli qizlar va ayollarga o‘qish va mehnatdagi yutuqlari uchun beriladi. Tanlov uch bosqichda amalga oshiriladi:
- tuman (shahar) – 2 sentyabrdan 20 oktyabrgacha;
- Respublika (Qoraqalpog‘iston, viloyatlar va Toshkent shahri) – 21 oktyabrdan 30 noyabrgacha;
- final – 1 dekabrdan 31 dekabrgacha.
Har yili mukofot diplom, ko’krak nishoni va 50 BHM miqdoridagi pul mukofotiga ega bo’lgan 28 nomzodga beriladi.
Ulashish:
Sharhlar