О‘zbekistonda diniy mazmundagi materiallarga sharhlar yozish va ularni repost qilganlik uchun qanday jazo bor

Фото: legalclinic.uz

О‘zbekistonda diniy faoliyat va diniy mazmundagi materiallarni tarqatish ustidan qat’iy nazorat o‘rnatilgan. Amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq diniy g‘oyalarni tarqatish bilan bog‘liq harakatlar ma’muriy javobgarlikka olib kelishi mumkin.

О‘zbekiston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonuni

10-modda. Diniy mazmundagi materiallar, ularni tayyorlash, olib kirish va tarqatish

Diniy ta’limotlar va sharhlarning dogmatik asoslarini, tarixini, mafkurasini, turli diniy e’tiqodlarning marosimlarini o‘tkazishni aks ettiruvchi, shaxslarga, tarixiy fakt va hodisalarga din nuqtai nazaridan baho beruvchi kitoblar, broshyuralar, jurnallar, gazetalar, varaqalar, boshqa bosma nashrlar, belgilar, ob’ektlar, ramzlar, audiovizual asarlar (televidenie, kino va videofilmlar, kliplar, kontsert dasturlari yozuvlari, multfilmlar va boshqalar), elektron axborot tashuvchilari  (disketalar, CD, DVD disklar, o‘rnatilgan va olinadigan xotira kartalari, Internetda joylashtirilgan materiallar va boshqalar) diniy mazmundagi materiallar hisoblanadi.

Diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va О‘zbekiston Respublikasi hududiga tarqatish jamiyatda qonun hujjatlari buzilishiga olib keladigan, konfessiyalararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikning buzilishiga, diniy asosda zo‘ravonlik va o‘zboshimchalikka chaqirishga ko‘maklashuvchi g‘oyalar va qarashlar tarqalishining, oldini olish maqsadida diniy ekspertizaning ijobiy xulosasi olinganidan keyin amalga oshiriladi.

Diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish tartibi О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Tayyorlash va tarqatishga qo‘yiladigan talablar

Konfessiyalararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni buzuvchi, diniy asosda zo‘ravonlikka chaqiruvchi g‘oyalar tarqalishining oldini olish maqsadida О‘zbekiston hududiga diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish dinshunoslik ekspertizasining ijobiy ulosasi olinganidan keyin amalga oshiriladi.

Huquqbuzarliklar uchun javobgarlik

  • Diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, olib kirish yoki tarqatish uchun jarima shaklida ma’muriy javobgarlik nazarda tutiladi: fuqarolarga – BHM ning 20 baravaridan 100 baravarigacha.
  • mansabdor shaxslarga – ularni ishlab chiqarish va tarqatish uchun materiallar va vositalar musodara qilingan holda – BHMning 50 baravaridan 150 baravarigacha.

2023-yil fevralida chekishning zarari haqida o‘z fikrlarini bildirgan videoni joylashtirgan bloger jarimaga tortildi. Tafsilotlarni Legalclinic.uz materialida o‘qishingiz mumkin.

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.