О‘zbekistonda huquqiy madaniyatni oshirish dasturi joriy etilmoqda

Фото: legalclinic.uz

О‘zbekistonda huquqiy madaniyatni oshirish dasturi joriy etilmoqda. Hujjatda ta’limni rivojlantirish, yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, О‘zbekistonda amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlardan aholini xabardor qilishga qaratilgan 95 ta tadbir va tashabbuslar bayon etilgan.

Dasturning asosiy yo‘nalishlari kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun stipendiyalar, yotoqxonalar, ta’lim kreditlari, akademik ta’tillar va o‘quv jarayoni bilan bog‘liq boshqa masalalarni o‘z ichiga olgan maxsus qo‘llanma ishlab chiqishdan iborat.

Maktab o‘quvchilarining huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan dasturlar, jumladan, huquq va qonunchilik bo‘yicha ko‘rik-tanlovlar joriy etilmoqda.

Huquqiy islohotlardan aholining xabardorligini oshirish, ijtimoiy masalalar (migratsiya, uy-joy va ijtimoiy nafaqalar kabi) hamda jinoyatchilikning salbiy oqibatlaridan xabardorligini oshirishga qaratilgan radio va teleko‘rsatuvlar ishlab chiqish va efirga uzatish rejalashtirilgan.

Shuningdek, “Zakovat” kabi intellektual o‘yinlar, “Do‘stimga kitob ulashaman” kabi aktsiyalar o‘tkaziladi.

Material Tyan Alyona tomonidan tayyorlandi

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.