“Anhor lokomotiv” istirohat bog‘i nogironligi bor kishilar uchun moslashtirilmagan

Фото: Ассоциация инвалидов

Iyun oyi boshida O‘zbekiston nogironlar uyushmasining vakillari “Anhor Lokomotiv” ko‘ngilochar istirohat bog‘ining nogironligi bor kishilar uchun kirish imkoniyatlarini monitoring qildi.

Monitoring davomida avtoturargohlarda nogironlar aravachasini bildiruvchi vertikal belgilar mavjud emasligi aniqlandi. Avtoturargoh ichida hojatxona bor, lekin undan nogironlar foydalana olmaydi.

Foto: Nogironlar uyushmasi

Tahririyatga taqdim etilgan fotosuratlarga ko‘ra, nogironlar uchun to‘xtash joylarini boshqa mashinalar egallagan.

Istirohat bog‘idagi barcha mavjud panduslar katta qiyalik darajasiga ega va ushlash joylari yo‘q. Istirohat bog‘ida eshitish imkoniyati cheklanganlar uchun hech qanday belgi, masalan, “hojatxona”, “ma’muriyat” va boshqalarni ko‘rsatuvchi belgilar  mavjud emas. Bog‘da ko‘rish imkoniyati cheklangan odamlar uchun taktil yo‘laklar va ovozli ogohlantiruvchilar yo‘q.

Hojatxona ichida tutqichlar bor, lekin ichkariga kirishning iloji yo‘q, ya’ni pandus standartlarga javob bermaydi, eltuvchi yo‘llar tor, kirish eshigida nogiron kishining hojatxonaga mustaqil ravishda kirishiga to‘sqinlik qiladigan ostona mavjud.

Foto: Nogironlar uyushmasi

Foto: Nogironlar uyushmasi

Nogironlar uyushmasi monitoring hisobotini obyekt vakiliga topshirdi va hisobotda ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish natijalari bo‘yicha takroriy monitoring o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

Monitoring O‘zbekiston prezidentining 2024-yil 12-yanvardagi 20-sonli qarori va O‘zbekiston nogironlar jamiyati raisining 2024-yil 2-apreldagi buyrug‘i asosida o‘tkazildi.

Monitoringda O‘zbekiston nogironlar uyushmasi jamoatchilik nazorati bo‘limi boshlig‘i Muxamedxodjayev A.S., O‘zbekiston nogironlar uyushmasi Toshkent shahar bo‘limining raisi Saidnazarov O.M., “Inklyuziv Jamiyat” raisi Tillayeva N. qatnashdi.

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.