,

О‘zbekistonda har yili siyosiy qatag‘onlar qurbonlarini xotirlash kuni o‘tkaziladi

Фото: norma.uz

Prezidentning 2024-yil 19-iyuldagi “Siyosiy qatag‘on qurbonlari bo‘lgan vatandoshlar hayoti va faoliyatini o‘rganish, xotirasini abadiylashtirish borasidagi ishlarni kengaytirish to‘g‘risida”gi PQ-270-son qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, siyosiy qatag‘on qurbonlari bo‘lgan vatandoshlar hayoti va faoliyatini o‘rganish, xotirasini abadiylashtirish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi tuzildi.

Shuningdek, qurbonlarning ism-shariflarini aniqlash, to‘plash va tadqiq qilish, ularning ma’lumotlari va xizmatlarini arxivlar, muzeylar va kutubxonalarda hujjatlashtirish bo‘yicha ishchi guruhlar tashkil etiladi.

Poytaxtimizdagi “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasida qad rostlayotgan “Qatag‘on qurbonlari” ko‘p jildli kitobini nashr etish, qatag‘on qurbonlari nomini ramziy kitobga kiritish ishlari davom ettiriladi.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar navqiron avlod qalbida Vatan ozodligi yo‘lida jon fido qilgan ajdodlar xotirasiga hurmat va ehtirom tuyg‘usini shakllantirishga xizmat qiladi.

Respublika komissiyasining ishchi organi Mudofaa vazirligining umumiy rahbarligida – Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi, Fanlar akademiyasi Tarix instituti, Mudofaa vazirligi huzuridagi Kengash, Qurolli Kuchlar akademiyasi, Mudofaa va harbiy xavfsizlikni o‘rganish instituti, G‘alaba bog‘i yodgorlik majmuasi, “Shon-sharaf” davlat muzeyi, jamoatchilik va ommaviy axborot vositalarining mas’ul shaxslari va yetakchi mutaxassislaridan iborat guruh tashkil etiladi.

Shuningdek, har yili oktyabr oyida siyosiy qatag‘on qurbonlarini xotirlash haftaligini o‘tkazish rejalashtirilgan.

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.