Immunitetni infeksiyalarga qarshi qanday mustahkamlash mumkin
Immunitet – inson organizmini zararli infeksiya va kasalliklardan himoya qiluvchi tizim. Shu bois uning mustahkam bo‘lishi, virus va bakteriyalarga qarshi samarali kurashishi uchun bir qancha tavsiyalarga amal qilish lozim. Quyida ular haqida ma’lumot berilgan:
1. Mukammal va muvozanatli ovqatlanish.
Immunitet tizimining samarali ishlashi uchun turli vitamin va minerallarga boy oziq-ovqatlarni iste’mol qilish zarur. Xususan, C vitamini (sitrus mevalar, qizil va yashil bulg‘ori qalampiri, qovun, brokkoli), D vitamini ( sut mahsulotlari, tuxum, qo‘ziqorin) va sink (qovoq urug‘i, mol jigari, loviya, tuxum sarig‘i, bodom) mo‘l bo‘lgan mahsulotlar taomnomadan mustahkam o‘rin egallashi kerak.
2. Yetarli miqdorda uyqu.
Immunitet tizimining to‘g‘ri ishlashi uchun yetarli miqdorda uxlash juda muhim. Katta yoshli insonlar uchun bir sutkada 7-8 soat uyqu tavsiya etiladi. Tiniqib uxlash orqali organizm virus va bakteriyalarga qarshi samaraliroq kurashadi.
3. Jismoniy faollik.
Jismoniy mashqlar immunitetni mustahkamlashning yana bir muhim yo‘li. Muntazam ravishda jismoniy mashg‘ulotlarni bajarish organizmning infeksiyalarga qarshi kurashish qobiliyatini oshiradi va barcha tizimlarning yaxshi ishlashini ta’minlaydi.
4. Stressni kamaytirish.
Ko‘plab izlanishlar stressning immunitet tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatishini isbotlagan. Uni kamaytirish orqali organizmning infeksiyalarga qarshi kurashuvchanlik qobiliyatini yaxshilash mumkin. Stressga qarshi mustahkam turishning samarali yo‘llaridan biri meditatsiya qilish, nafas olish mashqlari va sport bilan shug‘ullanishdir.
5. Yetarlicha suyuqlik ichish.
Suyuqlik ichish organizm faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun juda zarur. Chunki infeksiyalarga qarshi samarali kurashishda tananing gidratsiya holati yuqori darajada bo‘lishi lozim. Bu — suv, tabiiy sharbatlar va turli vitaminga boy sho‘rvalar orqali amalga oshirilishi mumkin.
6. Qo‘shimcha vitamin va minerallar.
Agar ratsionda turli vitaminlar yetishmasa, ularni qo‘shimcha tarzda qabul qilish mumkin. Ayniqsa, S, D vitamini va sink immunitet tizimini quvvatlantirishga yordam beradi.
7. Qo‘llarni muntazam yuvish.
Qo‘l gigiyenasi infeksiya tarqatmaslikning eng samarali yo‘llaridan biri. Ularni muntazam yuvish orqali organizmga virus va bakteriyalar kirishining oldini olish mumkin.
Sharhlar