Samolyotda spirtli ichimlik ichib uxlab qolish sog‘liqqa jiddiy ta‘sir qilishi aniqlandi
Nemis olimlari samolyotda alkogol va kabinadagi bosimning kombinatsiyasi uxlab yotgan yo‘lovchilarning yuraklariga zo‘riqish keltirishi mumkinligini aniqladi.
Ular, odatda, parvoz paytida kuzatiladigan past havo bosimida spirtli ichimliklarni iste’mol qilgandan keyin uxlab qolsa, qondagi kislorod darajasi pasayib, yurak urishi tezlashishini aytdi, hatto sog‘lom va yosh bo‘lganlarda ham.
“Biz ta’sir shunchalik kuchli ekanligini ko‘rib hayron qoldik. Iltimos, samolyotda bo‘lganingizda spirtli ichimliklarni ichmang”, – dedi Tadqiqot hammuallifi doktor Eva-Mariya Elmenxorst.
“Thorah” jurnalida tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, yurak muammolari bo‘lgan yo‘lovchilarda kabina bosimining pasayishi tufayli simptomlarning kuchayish xavfi ortadi. Bortda tez-tez iste’mol qilinadigan spirtli ichimliklar ham xuddi shunday ta’sirga ega.
Germaniyadagi Aerokosmik tibbiyot instituti olimlari ham shunday fikrda: “Samolyotda spirtli ichimliklarni iste’mol qilish sog‘ligida muammosi borlar uchun xavf hisoblanadi, uni osongina oldini olish mumkin – samolyotda alkogolli ichimliklarni cheklash kerak”, – dedi.
Tadqiqot uchun spirtli ichimliklarni iste’mol qilish va uyquning ta’sirini xipobarik (havo bosimi past bo‘lgan) muhitda sinab ko‘rildi. Ular 18 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lgan 48 kishini ikki kecha davomida ikki xil muhitda – uyqu laboratoriyasida va balandlik kamerasida kuzatishdi. Ishtirokchilar yotishdan oldin spirtli ichimliklar iste’mol qildi. Yosh, sog‘lom odamlar uchish paytida ichishdan yuraklariga jiddiy zarar yetkazmasliklari mumkin bo‘lsada, doktor Elmenxorst kislorod bilan to‘yinganlikning pasayishi va yurak urish tezligining oshishi oldindan mavjud kasalliklarni yanada kuchaytirishi mumkinligini ta’kidladi.
“Uyqu paytida kislorod bilan to‘yinganlik juda past darajaga tushdi. Shuning uchun, hatto kimdir sog‘lom bo‘lsa ham, spirtli ichimliklarni iste’mol qilmaslikni tavsiya qilaman”, – deydi doktor Elmenxorst.
Sharhlar