O‘zbekistondagi shifoxonalar soni 1 432 tani tashkil etmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi Respublikadagi tibbiyot sohasiga oid bir qancha ma’lumotlarni e’lon qildi. 2024-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan shifoxonalari soni 1 432 tani tashkil etmoqda. Bu natija 2019-yilga solishtirganda 227 taga ko‘paygan.
Yillar kesimida shifoxona muassasalari soniga e’tibor bersak:
Aholi sonining ortishi tibbiyot xizmatlariga bo‘lgan talabni oshirib, yangi shifoxonalar, poliklinikalar va boshqa tibbiy muassasalar soni ko‘payishiga asos bo‘lgan. Respublikada davlat va xususiy sektor tibbiyot xizmatlari sifatini oshirish yangi texnologiyalar, yangi binolar va yaxshiroq infratuzilmani yaratishni talab qiladi.
Hukumat va xalqaro tashkilotlar tomonidan sog‘liqni saqlash dasturlari amalga oshirilib, bu dasturlar yangi tibbiyot muassasalarini ochish va mavjudlarini modernizatsiya qilishni talab qiladi. Tibbiyot universitetlari va kollejlarining soni ortib, kadrlar sifati yaxshilanmoqda. Bu ham yangi tibbiyot muassasalarini tashkil etishga imkon yaratgan.
Yil boshiga ko‘ra, Respublika bo‘yicha shifoxona muassasalarida jami o‘rinlar soni 174,5 mingtani tashkil etdi. Bu bir vaqtning o‘zi shuncha fuqaroga xizmat ko‘rsatish imkoniyati borligini anglatadi. Raqamlarni pandemiya davriga solishtirilganda 13.5 mingtaga oshganini ko‘rsatadi.
Bugungi kunda Toshkent shahri, barcha viloyatlar va Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi tibbiyot muassasalarida faoliyat yuritayotgan mutaxassis shifokorlarning umumiy soni 105,7 ming nafarni, o‘rta tibbiyot xodimlari 387,6 ming nafarni tashkil etmoqda.
Sharhlar