Moskvaga 10 ta dron hujum qildi, ularning barchasi urib tushirildi
Rossiya havo hujumiga qarshi mudofaa kuchlari “Moskvaga qarab uchib kelayotgan” o‘nta dronni urib tushirgan. Bu haqda Moskva meri Sergey Sobyanin ma’lum qildi, deb yozadi DW.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ulardan dastlab bittasi, so‘ng yana ikkitasi Moskva viloyati janubidagi Podolsk shahar okrugida urib tushirilgan. Vayronagarchiliklar va jabrlanganlar yo‘q. Shoshilinch xizmatlar mutaxassislari voqea joyida ishlamoqda. Sobyanin ushbu hujumni shu davr mobaynidagi eng katta ko‘lamlilaridan biri deb atadi.
Yana 15 ta uchuvchisiz uchar qurilma havo hujumiga qarshi mudofaa kuchlari tomonidan Bryansk viloyati hududida yo‘q qilingan. Bundan tashqari, ikkita dron Tula viloyati osmonida urib tushirilgan, Rostov viloyati g‘arbida esa raketa urib tushirilgan. Hech bir holatda qurbonlar va vayronagarchiliklar bo‘lmagan.
Sharhlar