Isroil Livanda “Hizbulloh”ning 100 ga yaqin obyektlariga hujum qildi
Isroil harbiy-havo kuchlari ikki soat ichida Livandagi yuzta raketa uchirish qurilmalariga zarbalar berdi, deb xabar qiladi Isroil mudofaa armiyasi (SAXAL) matbuot xizmati. Ushbu qurilmalar, go‘yoki, Isroil hududini o‘qqa tutish uchun mo‘ljallangan bo‘lgan.
SAXAL ma’lumotlariga ko‘ra, zarbalar “terrorchilik infratuzilmasining qo‘shimcha obyektlari”ga ham berilgan. Isroillik harbiylar “Hizbulloh” “infratuzilmasi va imkoniyatlarini vayron qilish bo‘yicha ishlar”ni davom ettirishga va’da berdi. Hujum oqibatida jabrlanganlar haqida hozircha ma’lumot yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, 17-sentabr kuni Livanda “Hizbulloh” a’zolari foydalanayotgan yuzlab peyjerlar yoppasiga portladi. 18-sentabr kuni mamlakatda boshqa elektron uskunalar — noutbuklar, ratsiya va portativ aloqa vositalari portlay boshladi. 30 dan ortiq odam halok bo‘lib, minglab kishilar jabrlandi.
Sharhlar