Zelenskiy: Rossiya qo‘shinlari bir hafta ichida Ukrainaga qariyb ming marta zarba berdi
O‘tgan haftaning o‘zida — 27-maydan 2-iyungacha Rossiya qo‘shinlari Ukraina hududiga turli raketalar, aviabombalar va zarbdor dronlar orqali qariyb ming marta zarba berdi. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ma’lum qildi, deb yozadi Meduza.
“Inson hayotini butunlay mensimaslik va doimiy terror — Rossiya aynan mana shu narsalarni tarqatmoqchi, — deb yozdi Zelenskiy. — Rossiya terrori mag‘lub bo‘lishi kerak. Dunyo buni ta’minlashga qodir”.
Zelenskiy ittifoqdoshlarini Ukrainaga yetarlicha havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari va uzoq masofali qurollar taqdim etishga, shuningdek, Rossiyaga shunchalik bosim o‘tkazib, uning “moslashishi”ga imkon bermaslikka chaqirdi.
Ulashish:
Sharhlar