11 jurnalist ishi: Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, “erkinlik uchun kurashish” jumlasida ommaviy tartibsizliklarga chaqiriq bor

Фото: Kloop.kg

Bugun Bishkekning Lenin tuman sudi 11 jurnalistga nisbatan ishni ko‘rib chiqishni davom ettirdi. Unda ekspertlar so‘roqqa tutildi.

Yig‘ilishda Adliya vazirligi huzuridagi sud-ekspertiza xizmati eksperti Ulan Satpayev “Temirov Live” va “Ayt, ayt dese” kanallarida e’lon qilingan “Kreslolarda 30 yildan beri o‘tirgan mansabdorlarga zarracha hurmatim yo‘q” va “erkinlik uchun kurashish” kabi jumlalar ommaviy tartibsizliklarga chaqiriqlarni o‘z ichiga olishini bildirgan.

Shuningdek, ekspert mamlakat rahbariyatiga nisbatan salbiy bayonotlar og‘zaki haqorat sifatida baholanishini aytgan. Satpayevning so‘zlariga ko‘ra, ekspertlar 16 ta videoni o‘rganib chiqqan, ulardan faqat bittasida ommaviy tartibsizliklarga chaqiriq belgilari topilgan.

O‘z navbatida, jurnalistlarning advokatlari ekspertlarning xulosasiga qo‘shilmasligini ma’lum qilgan. Ular “Erkinlik uchun kurashish” iborasi “Manas” dostonida ham uchrashini va ommaviy tartibsizliklarga da’vat emasligini ta’kidlagan.

16-yanvar kuni “Temirov Live” kanalining amaldagi va sobiq 11 nafar xodimi qo‘lga olingandi. Ulardan to‘qqiz nafari “tartibsizliklarga chaqirish”da, loyiha rahbari Maxabat Tajibek qizi va jurnalist Aktilek Kaparov esa bu chaqiriqlarni “tashkil etishda” ayblangan. Ishdagi barcha ayblanuvchilar ayblovlarga rozi emas.

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.