Ilon Maskning 12-farzandi dunyoga kelgani xabar berildi

Foto: Getty Images

Tesla va SpaceX asoschisi Ilon Mask kamida 12 nafar bolaning otasi hisoblanadi, deyiladi Bloomberg maqolasida.

Nashr manbalariga ko‘ra, yil boshida Mask va uning dunyodagi birinchi kichik invaziv neyrochipni ishlab chiqish bo‘yicha Neuralink kompaniyasi top-menejeri Shivon Zilisning uchinchi farzandi dunyoga kelgan. 2021-yilda ular egizak farzandlarning ota-onasiga aylangan edi.

Mask 2021-yilga qadar uchrashib yurgan qo‘shiqchi Grayms ham uch nafar farzandni dunyoga keltirgan. Undan tashqari, biznesmen biznesmenning birinchi xotini — Jastin Uilsondan besh nafar farzandi (egizak va uch egizak) bor. Maskning to‘ng‘ich farzandi, o‘g‘li Nevada 10 haftalik davrida bolalarda to‘satdan o‘lim sindromidan vafot etgan.

Shivon Zilis 38 yoshda. U 2015-yilda Forbes’ning venchur kapitali kategoriyasida “30 yoshgacha bo‘lgan 30 shaxs” reytingiga kirgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.