Rossiyada Ukraina zarbasidan keyin ko‘p qavatli uy qisman quladi, 15 kishi halok bo‘ldi
Rossiyaning Belgorod shahrida ko‘p xonadonli uyning podyezdi qulab tushganidan keyin qidiruv-qutqaruv ishlari va vayronalarni tartibga keltirish jarayoni yakunlandi, deb yozadi “Kommersant”. 17 kishi qutqarib olindi, 15 kishi halok bo‘ldi.
Hodisa 12-may, yakshanba kuni ertalab yuz bergan. Rossiya Mudofaa vazirligi shu kuni Belgorod osmonida raketalar yo‘q qilingani haqida xabar bergandi. Snaryadlardan birining parchalari turar joyga kelib tushgan. Ta’kidlanishicha, Ukraina “Tochka-U” raketalari, Vampire hamda “Olxa” baravar o‘t ochish reaktiv tizimlari snaryadlari bilan zarba bergan.
Sakkizta posyezddan bittasidagi 10 qavatning barchasi qulab tushgan, u yerda 40 ta xonadon joylashgan. Vayronalarni ko‘zdan kechirish chog‘ida tom qulab tushgan. Uch nafar qutqaruvchi shikastlangan. Hududiy ma’murlar 12-may kuni kechqurun bino qulashi oqibatida 20 kishi jabrlanganini ma’lum qilgandi.
Sharhlar