Ramzan Qodirovning 18 yoshli o‘g‘li Checheniston sport vaziri etib tayinlandi
Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning 18 yoshli o‘g‘li Ahmad respublikaning jismoniy tarbiya va sport vaziri etib tayinlandi, deb yozadi “Kommersant”. 2024-yil fevralidan u yoshlar ishlari bo‘yicha vazir bo‘lib ishlab kelayotgandi. Endi esa bu lavozimni 2022-yil fevralidan buyon “Ahmad” sport klubiga rahbarlik qilib kelgan Ramzan Vismuradov egallaydi.
Checheniston jismoniy tarbiya vaziri lavozimida ishlab kelgan Isa Ibragimov respublika rahbari administratsiyasi rahbari o‘rinbosari lavozimiga o‘tkazildi. “Shunga mutlaqo aminmanki, yuqori lavozimlarga tayinlanganlarning barchasi ularga bildirilgan ishonchni to‘liq oqlaydi. Ularning hammasi jamoaning munosib a’zolaridir”, — deb yozdi Checheniston rahbari Ramzan Qodirov o‘z Telegram-kanalida.
18 yoshli Ahmad 2022-yildan beri Checheniston rahbari maslahatchisi, Rossiya bolalar va yoshlar harakatining hududiy raisi lavozimini egallab kelayotgan edi. 2023-yil noyabrida u Checheniston jismoniy tarbiya vaziri o‘rinbosari, shu yil fevralida esa yoshlar ishlari bo‘yicha vazir etib tayinlangan. U respublika parlamentining oliy ordeni — “Vatan sharafi” hamda Qodirov ordeni bilan taqdirlangan.
Sharhlar