Nepaldagi suv toshqinlarida 200 kishi halok bo‘lib, 30 kishi bedarak yo‘qoldi
Nepalda ikki kundan buyon davom etib, mamlakat poytaxti Katmandu joylashgan vodiyni suv ostida qoldirgan kuchli yomg‘irlar oqibatida katta ko‘lamda yer o‘pirilishlari sodir bo‘lmoqda.
Bu safar tabiiy ofatning asosiy zarbasi Katmanduga to‘g‘ri keldi, u yerda mingdan ortiq uylar suv ostida qoldi, o‘nlab odamlar halok bo‘ldi. Qutqaruvchilar vertolyotlar va shishma qayiqlarda qidiruvni davom ettirmoqda, ammo omon qolganlarni topish ehtimoli deyarli yo‘q.
Olimlar so‘nggi vaqtlarda tez-tez yuz berayotgan kuchli tabiiy ofatlarni iqlim o‘zgarishi bilan bog‘lamoqda.
Iliqroq atmosfera ko‘proq namlikni ushlab turadi, bu esa kuchliroq yog‘ingarchiliklarga olib keladi. Bundan tashqari, okeanlar qanchalik iliq bo‘lsa, ulardan shunchalik ko‘p suv bug‘lanib chiqadi, ular bo‘ron tizimlari uchun ozuqa hisoblanadi.
Sharhlar