2030-yilga borib migrantlar uylariga 5 trillion dollardan ko‘proq pul jo‘natadi
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi hisob-kitoblariga ko‘ra, 2030-yilga borib, migrantlar tomonidan past va o‘rta daromadli mamlakatlarga 5 trillion dollardan ko‘proq mablag‘ jo‘natiladi, bu mablag‘ning katta qismi qishloq joylarga yo‘naltiriladi.
“Biz pul o‘tkazmalarining ulkan iqtisodiy hissasini qadrlash uchun bir oz vaqt ajratishimiz kerak. Bu juda katta miqdorlar va ular tez o‘sib bormoqda. Bu yil 20 yil oldingiga qaraganda besh baravar ko‘p jo‘natiladi va hozirdan 2030-yilgacha umumiy oqim 5 trillion dollardan oshadi, bunga aql bovar qilmaydi. Bular katta summalar va ular yarmi qishloq joylarda istiqomat qiluvchi yuzlab million odamlar uchun hayot manbaidir”, – dedi Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi prezidenti Alьvaro Lario.
Jamg‘armaning ta’kidlashicha, 1,4 milliarddan ortiq kattalar hali ham bank va moliyaviy xizmatlardan foydalana olmaydi va pul o‘tkazmalarini jo‘nata olmaydilar yoki o‘tkazmalarini ololmaydilar. Ko‘pchilik uchun pul o‘tkazmalarini jo‘natish narxi juda yuqoridir.
Bank xizmatini ololmaydigan kattalarning aksariyati ayollardir va dunyoning har bir mintaqasida aholi guruhlari o‘rtasida jins, daromad, yosh va ta’limga qarab tengsizlik mavjud.
So‘nggi o‘n yil ichida pul o‘tkazmalarini jo‘natishning raqamlashtirilishi dunyodagi eng kambag‘al qishloq aholisi uchun foydalanish imkoniyatini sezilarli darajada kengaytirdi, ammo ularning narxi yetarlicha tez tushmadi.
2009-yildan beri pul o‘tkazmalarining o‘rtacha qiymati sezilarli darajada pasaygan bo‘lsa-da, jo‘natilgan summaning 9,7 foizidan 6,2 foizigachadir, bu Barqaror rivojlanish maqsadlarida belgilangan 3 foizdan ancha yuqori.
Sharhlar