Tayvan orolga Xitoyning 22 ta uchar qurilmasi yaqin kelganini ma’lum qildi
Tayvan Mudofaa vazirligi X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qilishicha, orolning havo hujumiga qarshi mudofaa tizimi tomonidan nazorat qilinadigan hududiga Xitoy xalq ozodlik armiyasining 22 ta uchar qurilmasi va oltita kemasi kirgan. Ular Tayvan bo‘g‘ozining oraliq chizig‘ini kesib o‘tgan. Orol harbiylari shu munosabat bilan havo patrulini havoga ko‘targan.
Ta’kidlanishicha, Tayvan harbiylari radioogohlantirish ham tarqatib, zenit-raketa majmualarini shay holatga keltirgan. Tayvan Mudofaa vazirligi xabari Toshkent vaqti bilan 3-iyul kuni 6:08 da e’lon qilingan. 2-iyul kuni ertalab esa idora orolga Xitoyning 13 ta uchar qurilmasi yaqin kelganini ma’lum qilgandi.
Tayvan bo‘g‘ozining oraliq chizig‘i — Tayvan havo hujumiga qarshi mudofaa tizimining identifikatsiya zonasi (respublikaning hududiy chegaralari bilan mos tushmaydi). Chiziq qit’a va orol o‘rtasidagi Tayvan bo‘g‘ozi akvatoriyasida Xitoy va Tayvan o‘rtasidagi norasmiy suv va havo chegarasi hisoblanadi. Chiziq rasman belgilab qo‘yilmagan. 1990-yillar oxirigacha tomonlar chiziqni kesib o‘tmagan, undan keyin esa Xitoy shunday qilishni boshladi.
Sharhlar