25 nafar jurnalistga Rossiyaga kirish taqiqlandi

Фото: Медуза

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi o‘zining Telegram-kanalida 92 nafar AQSh fuqarosining mamlakatga kirishi taqiqlanganini e’lon qildi. Ulardan 25 nafari Ukraina bilan urush, Rossiya Federatsiyasiga qarshi sanksiyalar, G‘arb bilan asirlar almashish haqida yozgan G‘arb ommaviy axborot vositalarining xodimlaridir.

Rossiyaga kirishi taqiqlangan jurnalistlar orasida The New York Times va The Wall Street Journal gazetalarining Kievdagi byurosi rahbarlari Endryu Kramer va Jeyms Marson, The Wall Street Journal bosh muharriri Emma Taker va The Guardian karikaturachisi Rebekka Xendin ham bor.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.