2024-yilda 3,3 mingdan ortiq kishi Ukraina bilan urushda qatnashgani uchun Rossiya fuqaroligini oldi
2024-yilda Ukraina bilan urushda qatnashgan 3344 nafar xorijlik Rossiya fuqaroligini oldi, dedi Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Irina Volk.
Irina Volk, shuningdek, Rossiya Ichki ishlar vazirligining migratsiya xizmati SVOda ishtirok etgan “yaqin xorijlik” fuqarodan Rossiya fuqaroligini olish uchun arizani qabul qilganini aytdi. U Rossiya Qurolli Kuchlari tomonida jangovar harakatlarda qatnashgani uchun vatanida deportatsiya va jinoiy jazoga tortilish xavfiga duch kelgan.
Shu yilning 4 yanvar kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin chet elliklar Rossiya Qurolli kuchlari yoki boshqa harbiy tuzilmalar bilan shartnoma tuzgan bo‘lsa, ularga Rossiya fuqaroligini soddalashtirilgan tartibda olish imkonini beruvchi farmonni imzoladi.
Sharhlar