Britaniya G7 sammitida Ukrainaga qariyb 300 mln yevro ajratadi
Italiyada bo‘lib o‘tadigan G7 sammitida Buyuk Britaniya bosh vaziri Rishi Sunak Ukrainaga shoshilinch gumanitar va energetik ehtiyojlar uchun 242 million funt sterling (286,4 million dollar) ajratilishi haqida e’lon qiladi, deb yozadi “Kommersant”. Britaniya hukumati ma’lum qilishicha, sammitda bosh vazir uchun birlamchi masala muzlatilgan Rossiya aktivlaridan foydalanish bo‘ladi.
Rishi Sunak ittifoqdoshlar jangovar harakatlar to‘xtashiga erishmoqchi bo‘lsa, qat’iylik namoyon etishi kerakligini aytdi.
Ukrainada harbiy harakatlar boshlanganidan buyon Buyuk Britaniya qariyb 12,7 milliard funt sterlinglik harbiy, gumanitar va iqtisodiy yordam ajratdi. Aprelda Sunak Ukrainaga 620 million dollar taqdim etishga va’da bergan, u esa Buyuk Britaniya tarixidagi eng yirik harbiy yordam paketi bo‘lishi kutilayotgan edi.
Sharhlar