Kanada Ukrainaga 38 mln dollarlik yordam paketi ajratadi

канада
Фото: DW

Kanada Ukrainaga 52,4 million dollar (38 million AQSH dollari) miqdorida yordam paketini ajratadi. Bu haqda Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo Shveysariyada bo‘lib o‘tgan Ukraina bo‘yicha tinchlik konferensiyasida ma’lum qildi, deb yozadi DW.

Kanada bosh vaziri saytida xabar berilishicha, paketning eng yirik qismi — 20 million Kanada dolalri (14,5 million AQSH dollari) so‘nggi oylarda Rossiya zarbalaridan qattiq jabr ko‘rgan Ukraina energetika infratuzilmasini qayta tiklashga yo‘naltiriladi. 15,4 million Kanada dollari (11,2 million AQSH dollari) Ukrainani Yevroittifoqqa qo‘shilish uchun tayyorlaydigan islohotlarni qo‘llab-quvvatlashga, shuningdek, mamlakat hududini minalardan tozalashga sarflanadi.

Taxminan yana shuncha mablag‘ urushdan jabrlangan bolalar va o‘smirlarni qo‘llab-quvvatlash, mamlakatdan olib ketilgan bolalarni vataniga qaytarish uchun imkoniyatlarni yaratish, urush jinoyatlari qurbonlariga yordam berish kabi gumanitar maqsadlarga yo‘naltiriladi.

Va nihoyat yana 2 million Kanada dollari (1,45 million AQSH dollari) Ukrainada MAGATE yordamida yadroviy energetika obyektlaridan xavfsiz va ishonchli foydalanishni qo‘llab-quvvatlashga sarflanadi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.