O‘tgan tunda Rossiya hududlari osmonida 38 ta dron yo‘q qilingan
O‘tgan tunda Rossiyaning beshta hududi dronlar hujumiga uchragan, deb yozadi “Kommersant” Rossiya Mudofaa vazirligiga tayanib.
Havo hujumiga qarshi mudofaa kuchlari Belgorod viloyati hududida uchta, Kursk viloyatida yettita, Voronej viloyatida ikkita, Rostov viloyatida 21 ta va Astraxan viloyati osmonida beshta dronni tutib qolgan va yo‘q qilgan.
9-iyulga o‘tar kechasi Belgorod viloyati kamida ikki marta o‘qqa tutilgan, oqibatda bir kishi halok bo‘lib, uch kishi yaralangan. Rostov viloyatida dron hujumi qaytarilgach, elektr podstansiyasi yonib ketgan. Voronej, Kursk va Astraxanda vayronagarchiliklar va jabrlanganlar qayd etilmagan.
Ulashish:
Sharhlar