NATO bosh kotibi Kiyevga yiliga 40 mlrd yevro ajratmoqchi
NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg alyansga a’zo mamlakatlarga Ukrainaga harbiy ko‘mak uchun har yili kamida 40 milliard yevrodan ajratishni taklif qilib ko‘radi. Bu haqda Reuters o‘z manbalariga tayanib xabar bermoqda.
30-may kuni NATO mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari Pragada norasmiy uchrashuvini boshladi. Uning bosh mavzusi — Ukrainaga harbiy yordam taqdim etish.
“Biz hech bo‘lmaganda Ukraina ehtiyoj sezayotgan voqealarni oldindan bilishni ta’minlash uchun zarur bo‘lgan vaqt mobaynida ko‘makning hozirgi darajasini saqlab turishimiz kerak”, — dedi agentlik manbasi. Uning qo‘shimcha qilishicha, Rossiyaning Ukrainaga to‘liq ko‘lamli istilosi boshlanganidan buyon NATO a’zolari Ukrainaga yiliga 40 milliard yevroga yaqin mabalg‘ ajratgan.
Reuters aniqlik kiritishicha, Stoltenberg shu paytgacha bu summani ochiqlamagan, ammo NATOda Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun besh yil mobaynida 100 milliard yevrolik maxsus fond yaratish yoki har yili 20 milliard yevro ajratish muhokama etilgan. Bosh koitbning taklifi 31-may kuni muhokama qilinishi kutilmoqda. Ukrainani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha uzoq muddatli strategiyani mustahkamlash chora-tadbirlari esa 9—11-iyul kunlari Vashingtonda bo‘lib o‘tadigan NATO sammitida kelishib olinadi.
Sharhlar