Livandan Isroilga 55 ta raketa uchirildi, ba’zi hududlarda yong‘inlar boshlandi
Isroil mudofaa armiyasi (SAXAL) Livandan 55 ta raketa uchirilganini ma’lum qildi, deb yozadi “Kommersant”.
Aniqlik kiritilishicha, snaryadlarning bir qismi tutib qolingan, ba’zilari esa Isroil shimolidagi ochiq hududga qulagan. SAXAL ma’lumotlariga ko‘ra, hujum chog‘ida jabrlanganlar haqida xabar kelib tushmagan. Zarbalardan keyin ko‘p o‘tmay, Isroil harbiy-havo kuchlari Livanning snaryadlar otilgan pusk qurilmalaridan biriga hujum qilingan.
“Ayni paytda Isroil o‘t o‘chiruvchilari va qutqaruv xizmatlari snaryadlar kelib tushishi oqibatida yuzaga kelgan yong‘inlarni o‘chirish ishlarini olib bormoqda”, — deyiladi Isroil armiyasi xabarida.
20-avgustga o‘tar kechasi Isroil harbiy-havo kuchlari Livan janubidagi Dayr-Kanun tumaniga hujum qildi. SAXAL ma’lumotlariga ko‘ra, Livanning “Hizbulloh” harakati raketa bo‘linmasi qo‘mondoni Husayn Ali Husayn halok bo‘lgan. Harakat uning vafotini tasdiqladi. Livan Sog‘liqni saqlash vazirligi hujum oqibatida to‘qqiz kishi halok bo‘lganini ham ma’lum qildi.
Sharhlar