AQSH Ukrainaga harbiy yordam uchun 6 mlrd dollar ajratdi

Флаг США
Фото: freepik.com

AQSH 26-aprel kuni Kiyevga harbiy yordam uchun 6 milliard dollar ajratdi. Bu haqda Pentagon rahbari Lloyd Ostin Ukraina mudofaasi bo‘yicha Aloqa guruhi bilan “Ramshtayn” formatidagi navbatdagi uchrashuvdan keyin ma’lum qildi.

Ushbu mablag‘ Vashingtonga Amerika korxonalaridan Ukraina qurolli kuchlari uchun qurol sotib olish imkonini beradi.

“Paket NASAMS va Patriot tizimlari uchun tutib olish bo‘yicha o‘ta muhim vositalarni o‘z ichiga oladi. Ko‘proq uchuvchisiz qurilmalar va boshqa uskunalar. Katta sonli artilleriya snaryadlari va “yer — “havo” raketalarini ham”, — dedi Ostin.

Avvalroq AQSh Ukrainaga uzoq masofali ATACMS raketalarini maxfiy ravishda yetkazib bergani, ushbu raketalar 12-mart kuni AQSh prezidenti Jo Bayden tomonidan tasdiqlangan Ukraina uchun harbiy yordam paketiga kiritilgani xabar berilgan edi. Shuningdek, Ukraina bu raketalardan birini 17-aprel kuni Rossiyadagi nishonlarga qarshi qo‘llagani ham ma’lum bo‘ldi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.