77 kishini o‘ldirgan Andres Breyvikning qamoqxona sharoitlarini yumshatish so‘rovi rad etildi
Norvegiyada sud 2011-yilda 77 kishini o‘ldirgani uchun 21 yillik qamoq muddatini o‘tayotgan Anders Breyvikning qamoxonadagi “insoniylikka zid” sharoitlardan shikoyat qilib yozgan arizasini rad etdi, deb xabar beradi BBC.
45 yoshli Breyvik hukm chiqarilganidan keyin qat’iy rejimdagi qamoqxonada boshqa mahbuslardan alohida saqlanib kelinmoqda. O‘z da’vosida u bunday sharoitlar uning huquqlarini buzishini ta’kidlagan.
U uning uzoq vaqt yakkalanib qo‘yilishi Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa konvensiyasining insoniylikka zid va qadr-qimmatni yerga uradigan muomalani taqiqlovchi 3-moddasini buzganini da’vo qilib, davlatni sudga bergan.
Xavfsizlik yuzasidan “Ringerike” turmasi sportzalida bo‘lib o‘tgan eshituvlar chog‘ida Breyvik depressiyaga chalinganini va antidepressantlarga bog‘lanib qolganini aytgan. Hukumatni u uni “o‘z joniga qasd qilishga undash”ga urinishda aybladi.
Norvegiya hukumati ta’kidlashicha, Breyvik atrofdagilar uchun tug‘dirishi mumkin bo‘lgan xavfni hisobga olganda, u saqlanayotgan qat’iy, ammo qulay sharoitlar asoslidir.
2011-yil 22-iyul kuni Breyvik Oslodagi hukumat muassasalari yonida bomba portlatib, sakkiz kishining o‘limiga sabab bo‘lgan, keyin esa Utoyya orolidagi yozgi lagerda yana 69 kishini, asosan o‘spirinlarni otib tashlagan edi.
2012-yilda u 21 yillik qamoqqa hukm qilingan — Breyvik xavf tug‘dirishda davom etsa, bu muddat uzaytirilishi mumkin.
Qamoqxonada Breyvikka uchta xona berilgan bo‘lib, bular yotoqxona, kabinet va kichik trenajyor zali. Shuningdek, u oshxona, mehmonxona va uchrashuvlar uchun xona kabi umumiy zonalardan ham foydalana oladi.
O‘z xonasida esa unga televizor, Xbox o‘yin pristavkasi va uchta to‘tiqush berilgan.
Sharhlar