Zelenskiy: Ukraina Kursk viloyatidagi 92 ta aholi punktini nazorat qilmoqda
Ukraina qurolli kuchlari Rossiyaning Kursk viloyatida 1250 kvadrat kilometrdan ortiq hududni va 92 ta aholi punktini nazorat qilmoqda. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 19-avgust kuni chet el diplomatik muassasalari rahbarlari bilan yig‘ilishda ma’lum qildi, deb yozadi DW.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina qurolli kuchlari bitta operatsiya davomida eng ko‘p sonli rossiyalik asirlarni qo‘lga olgan, “Ukraina uchun almashinuv fondi to‘lishda” davom etmoqda.
Zelenskiy da’vo qilishicha, Rossiya qurolli kuchlari “bizning Sumi viloyati qarshisidagi Rossiya chegarasidan” sezilarli darajada siqib chiqarilgan.
Ukraina yetakchisi ta’kidlashicha, dunyodagi ko‘pchilik bir necha oy avvalroq Kurskka hujumni noreal va Rossiyadagi “qizil chiziqlar ichidagi eng qizilining kesib o‘tilishi” deb hisoblagan bo‘lardi. “Aynan shuning uchun ham, bizning bunday tayyorgarligimiz haqida hech kim eshitmagan ham”, — dedi u va “faol va preventiv himoya Rossiya terroriga qarshi turishning eng samarali usuli” ekanini qo‘shib qo‘ydi.
Sharhlar