Abxaziya prezidenti iste’foga chiqdi

фото: rbc.ru

Abxaziya prezidenti Aslan Bjaniya muxolifat bilan muzokaralar chog‘ida erishilgan kelishuvlarga muvofiq iste’foga chiqish haqida ariza berdi, deb xabar bermoqda respublika rahbari matbuot xizmati.

Abxaziya prezidentining matbuot xizmati Bjaniyaning parlament spikeri Lasha Ashubaga yo‘llangan iste’foga maktubini ham e’lon qildi. “Mamlakatda barqarorlik va konstitutsiyaviy tuzumni saqlash uchun… Men Abxaziya Respublikasi Prezidenti lavozimidan iste’foga chiqish haqida ariza yozaman”, — deyiladi matnda.

Prezident iste’fosining asosiy sharti 19-noyabr kuni namoyishchilar tomonidan bosib olingan hukumat binosi majmuasini ozod qilish bo‘ladi. Agar ular buni qilmasa, Bjaniya arizani qaytarib oladi.

Avvalroq “Abxaz xalq harakati” tashkiloti rahbari Adgur Ardzinba muzokaralar natijasida Bjaniya iste’foga chiqishga rozi bo‘lganini ma’lum qilgandi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.