WP: Ukrainaga Amerika quroli bilan Rossiya asosiy aerodromlariga hujum qilish taqiqlangan
AQSH Ukrainaga o‘z qurolidan Rossiya hududi ichkarisiga 100 kilometrgacha masofada foydalanishga ruxsat bergan. Bu haqda The Washington Post nashrining Kiyevdagi manbalari xabar bermoqda. Shu sababli Rossiyaning asosiy aerodromlari zarbalar ostiga tushmaydi, deya da’vo qiladi gazeta. Vashingtonda bunday cheklov borligini rad etib, Kiyevga Amerika qurolidan Rossiyaning hujum olib borilayotgan hududlariga zarbalar berish uchun ruxsat berilganini ta’kidlashmoqda.
Pentagon vakili Charli Ditsning so‘zlariga ko‘ra, gap “geografiya yoki muayyan radius haqida emas”, balki “agar Rossiya Ukrainaga o‘z hududidan hujum qilayotgan yoki qilmoqchi bo‘lsa, Ukraina unga chegara orqali zarba berayotgan kuchlarga javob zarbasi berish imkoniyatiga ega bo‘lishi” haqida bormoqda.
Dits, shuningdek, Ukrainaga Amerika havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlaridan “Ukraina havo hududiga o‘t ochmoqchi bo‘lgan” Rossiya samolyotlariga zarbalar berishda foydalanishga ruxsat etilganini ta’kidladi.
Sharhlar